Rouming

Rouming

Safar oldidan
Xorijga safar chogida mobil telefondan foydalanish uchun "Light Rouming yoki "Business Rouming xalqaro rouming xizmatlaridan birini faollashtirish zarur.  

Light Rouming

Ushbu xalqaro rouming xizmati abonentga "UMS MChJning rouming-hamkorlari tarmoqlarida royxatdan otish hamda balans ijobiy bolgan hollarda rouming-hamkorlar taqdim etadigan qongiroqlar, SMS, malumot uzatish xalqaro rouming xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ushbu xizmatda chiquvchi qongiroqlar cheklangan va roumingda bolinganda Ozbekistondagi hamda abonent turgan mamlakatdagi raqamlarga chiquvchi qongiroqlarni amalga oshirish mumkin. Boshqa mamlakatlarga, jumladan suniy yoldosh orqali ishlovchi operatorlarning raqamlariga qongiroq qilib bolmaydi.
Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin?
Rouming turi Oflayn yoki Onlayn (CAMEL) ekanligidan qati nazar, agar shaxsiy hisob raqamidagi balans ijobiy bolsa, barcha tarif rejalaridagi abonentlar jismoniy va Yuridik shaxslar bu xizmatdan foydalanishlari mumkin.
Xizmatni ulash
Mazkur xizmatni ulash uchun shaxsiy hisob raqamidagi balansni kamida 50sh.b. (ellik AQSh dollari) miqdorida toldirish kerak. Bu mablag roumingda kelgusida qilinadigan xarajatlar uchun oldindan tolov hisoblanadi. Ushbu xizmat "UMS MChJning Xizmat korsatish markazi xodimi tomonidan faollashtiriladi. Buning uchun shaxsiy hisobvaragida yetarli mablagi bor abonent unga shaxsan murojaat qilishi shart. Yuridik shaxslar uchun bu xizmat ularning yozma murojaati asosida ulanadi.\
ESLATMA:
Xalqaro ulanish va Light Rouming xizmatlari bir-birini istisno etuvchi xizmatlardir. Yani agar ularning biri ulangan bolsa, ikkinchisini ulab bolmaydi. Demak, Light Rouming xizmatini faollashtirish uchun dastlab Xalqaro ulanish xizmati yoqilmaganiga ishonch hosil qilish zarur.
Business Rouming

Mazkur xalqaro rouming xizmati abonentga "UMS MChJning rouming-hamkorlari tarmoqlarida royxatdan otish hamda balans ijobiy bolgan hollarda rouming-hamkorlar taqdim etadigan qongiroqlar, SMS, malumot uzatish xalqaro rouming xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ushbu xizmatda chiquvchi qongiroqlar cheklanmagan va roumingda bolinganda, agar balans ijobiy bolsa, xalqaro yonalishlarda chiquvchi qongiroqlarni amalga oshirish, jumladan suniy yoldosh orqali ishlovchi operatorlarning raqamlariga qongiroq qilish mumkin.
Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin?
Rouming turi Oflayn yoki Onlayn (CAMEL) ekanligidan qati nazar, agar shaxsiy hisob raqamidagi balans ijobiy bolsa, barcha tarif rejalaridagi abonentlar jismoniy va Yuridik shaxslar bu xizmatdan foydalanishlari mumkin.
Xizmatni ulash
Mazkur xizmatni ulash uchun shaxsiy hisob raqamidagi balansni kamida 300sh.b. (uch yuz AQSh dollari) miqdorida toldirish kerak. Bu mablag roumingda kelgusida qilinadigan xarajatlar uchun oldindan tolov hisoblanadi. Ushbu xizmat "UMS MChJning Xizmat korsatish markazi xodimi tomonidan faollashtiriladi. Buning uchun shaxsiy hisobvaragida yetarli mablagi bor abonent unga shaxsan murojaat qilishi shart. Yuridik shaxslar uchun bu xizmat ularning yozma murojaati asosida ulanadi.
Qoshimcha shart
Business Rouming xizmatini ulayotganda Xalqaro ulanish xizmati ulanganiga ishonch hosil qilish kerak. Chunki Xalqaro ulanish xizmatisiz roumingda xalqaro yonalishlarga qongiroq qilib bolmaydi.
Xizmatlarni ochirib qoyish
"Light Rouming yoki "Business Rouming xizmatini ochirish uchun "UMS MChJning Xizmat korsatish markaziga murojaat qilish yoki quyidagi opsiyalardan foydalanish mumkin: 

USSD-kod:
Xizmatni ochirish uchun *111*0120# 
Holatni tekshirish uchun *111*012#

SMS-buyruq: 

Xizmatni ochirish uchun 616012 raqamiga 0 raqami yuboriladi. 

"Light Rouming yoki "Business Rouming xizmatini faollashtirish qiymati 0,00sh.b. 
"Light Rouming yoki "Business Rouming xizmati uchun obuna tolovi 0,00sh.b.
Narxlar soliqlarni hisobga olgan holda korsatilgan. 

ESLATMA:
- bitta hisobvaraqda bir vaqtning ozida "Light Rouming va "Business Rouming xizmatini ulab bolmaydi. "Light Rouming yoki "Business Rouming xizmatini ulash uchun ulardan birini faollashtirishdan avval ulangan holda turgan boshqa xizmatni ochirish kerak.
- "Light Rouming va "Business Rouming xizmatini ochirish uchun bir xil USSD-buyruq yoxud SMS-buyruq yuboriladi. 

Roumingda bolganda
Tarmoqda qanday qilib royxatdan otish mumkin?
Odatda, rouming-hamkorning tarmogida royxatdan otish telefon tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Agar tarmoqda royxatdan avtomatik tarzda otilmagan bolsa, u holda telefondan foydalanish boyicha yoriqnomaga muvofiq, tarmoq qolda topiladi ("Tarmoqlar yoki "Uyali tarmoqni tanlash opsiyasi topiladi va tanlanadi hamda yangi tarmoq qidiriladi).
Raqam qanday qilib togri teriladi?
Rouming tarmoqlarida chiquvchi qongiroqni amalga oshirish uchun abonent raqamni quyidagi xalqaro formatda terishi kerak:
+[mamlakat kodi][shahar yoki tarmoq kodi][abonent raqami]
Masalan, UMS abonentining mobil raqamiga qongiroq qilish uchun
+998 97 xxx xxxx teriladi.
Roumingda hisobvaraq balansini qanday tekshirish mumkin?
 USSD-sorov: telefonda *100# ni tering va chaqiruv tugmasini bosing (sorov bepul);
 SMS: 6111 qisqa raqamiga til kodi yozilgan SMS-xabar yuborish:
1 ozbek tilining kodi;
2 rus tilining kodi;
3 ingliz tilining kodi.
Diqqat! Chiquvchi SMS qiymati rouming tariflari boyicha tolanadi.
 Internet-yordamchi.
Vaqtincha bandlash shartlari
GSM assotsiatsiyasining rouming hamkorlari tarmogida  firibgarlikni oldini olish tartibi va tartiboti togrisidagi tavsiyalariga binoan, Kompaniya rouming hamkorlaridan olingan roumer abonentining roumingda oz hisob raqamidagi balansdan ortiq mablag sarflagani togrisidagi dastlabki malumotlarga asoslangan holda roumer-abonenti raqamini vaqtincha bandlash huquqiga egaligini ozida saqlab  qoladi. Vaqtincha bandlash rouming hamkorlaridan roumingda korsatilgan xizmatlarni tarifikatsiyasida qollaniluvchi asosiy fayllar olingunga qadar (30 kungacha) amalda boladi. 
 




(0)